Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol yoshlarga viloyat hokimining pul mukofotlari topshirildi
14:25 / 2021-06-19

Surxondaryo viloyatida joriy yilning 15-17 iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Yoshlar festivali bo‘lib o‘tgan edi.

Voha yoshlarini yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan festivalda eng faol ishtirok etgan bir guruh yigit-qizlar viloyat hokimining 3-5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari J. To‘rayev pul mukofotlarini o‘z egalariga tantanali topshirdi. Taqdirlanganlar safida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Kamila Astanaqulova, Termiz davlat universiteti talabalari Munira Yusupova, Gulnoza Haydarova va boshqalar bor.

Denov tumanidagi Zartepa mahallasida yashovchi  Shahnoza Ochildiyeva 49-maktabning 9-sinfida o‘qiydi. Bolalikdan jurnalist bo‘lishni orzu qilgan qizaloq ko‘p yillardan buyon nazm va nasrda ijod qilib keladi. Mamlakat va viloyat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Yaqinda uning “Yurakdagi orzularim”, deb nomlangan ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqdi.

Yoshlar festivalida faol ishtiroki uchun Shahnoza ham viloyat hokimi tomonidan uch million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

–Bu festival mening hayotimda alohida iz qoldirmoqda, – deydi Sh.Ochildiyeva. – Ayniqsa, unda milliy qadriyatlarimiz ulug‘lanib, qorabayir ot, do‘ppi va do‘mbira keng targ‘ib qilingani, sport bellashuvlari, kitobxonlik va yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilgani men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Vohamizning turli hududlaridan yangi do‘stlar orttirdik. Boshqa yoshlar qatorida men ham viloyat hokimi mukofotiga sazovar bo‘lganimdan xursandman. Endi bu pul mukofotini ham qo‘shib, ikkinchi kitobimni chop etishga beraman. Biz, yoshlarning baxtu-kamolatimiz yo‘lida alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, har taraflama qo‘llab-quvvatlayotgan, iste’dodimizni keng namoyish etish uchun barcha sharoitlarni yaratayotgan davlatimizdan minnatdormiz.

“Yoshlar oyligi” doirasida mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan festival doirasida viloyatda 325 dan ortiq  turli tadbir o‘tkazildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA