Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
11:22 / 2025-06-18

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev “Yoshlar oyligi” doirasida To‘rtko‘l tumanidagi faol yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida dastlab bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bundan so‘ng IT sohasi mutaxassislari tomonidan sohani rivojlantirish, IT xizmatlarini taqdim etish va katta daromad olishni yo‘lga qo‘yish hamda tashqi beg‘araz yordam mablag‘larini (grantlarni) jalb qilish, donorlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va turli loyihalar ustida ishlashda grant mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha taqdimotlar, ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning topshirig‘i bilan yoshlar banki sifatida e’lon qilingan “Aloqa bank”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va “Milliy bank” mutasaddilari tomonidan yoshlar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va mavjud loyihalarni kengaytirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges raisi mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchi, alohida e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi natijasida ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim muassasalari ochildi, tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berildi. Ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalardagi yoshlarimiz moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Uchrashuvda yoshlar bunday yuksak e’tibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning xohish-istaklari, shuningdek, takliflari tinglandi, bir qator muhim tashabbus va masalalar ko‘tarildi.

O‘z navbatida har bir tashabbus va taklif Jo‘qorg‘i Kenges raisi tomonidan belgilab olindi va tez orada hayotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, bir guruh yoshlar faolligi va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlanishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri