Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol xotin-qizlarga “Itibar-2025” mukofoti topshirildi
11:50 / 2025-12-22

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Itibar-2025” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, shu asosda ularning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faolligi ortib, barcha sohalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Prezidentimizning alohida e’tibori bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettirilib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishida ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarimiz moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tadbirda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko‘rsatgan, xalqimizning farovon turmushini ta’minlash yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan 17 nafar xotin-qizning xizmati baholanib, ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Itibar-2025” mukofoti topshirildi.

Shuningdek, “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli” va “Yilning eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri