Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol xotin-qizlar sportda bellashdi
15:18 / 2024-10-11

Mahalla xotin-qizlar faollari o‘rtasida “Toshkentning faol ayoli – 2024” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda voleybol bo‘yicha, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.   

Shaxmat sport turi bo‘yicha Uchtepa tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahalla xotin-qizlar faoli E’zozaxon Karimova, Yashnobod tumani “Asalobod” mahalla xotin-qizlar faoli Mohichehra Aliyorova hamda Mirobod tumani “Bilimdon” mahalla xotin-qizlar faoli Nargiza Mamatova g‘oliblikka erishdi.   

Shuningdek, shashka sport turi bo‘yicha ham musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda Sergeli tumani “Farog‘atli” mahalla xotin-qizlar faoli Gulsuma Normurodova, Yashnobod tumani “Radjapova” mahalla xotin-qizlar faoli Mohira Rajapova hamda Chilonzor tumani “Sharq” mahalla xotin-qizlar faoli Sharofat Abdiyeva g‘alaba qozondi.   

G‘oliblar Toshkent shahar hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA