Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol xodimlarning ota-onalari rag‘batlantirildi
17:27 / 2024-01-06

Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tizim xodimlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani alohida ta’kidlandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalarning yanada samarali ijro etilishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Ochiq, samimiy ruhda o‘tgan muloqotda mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish haqida gapirildi. 

Tadbir yakunida sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini ta’minlashda namunali xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga MIB Namangan viloyati boshqarmasining tashakkurnoma hamda sovg‘alari topshirildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri