Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol xodimlar rag‘batlantirildi
19:13 / 2025-06-05

Qurbon hayiti bayrami arafasida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida xodimlarni tantanali ravishda rag‘batlantirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Nurkamol Ataqulov, Mirzaobod tumani hokimi Abduazim Umarov, sohaning tajribali mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq, suv xo‘jaligi sohasi quyi bo‘g‘in tashkilotlarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga munosib shart-sharoit yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Muassasa direktori Sobitjon Ne’matov ta’kidlashicha, tadbir doirasida eng faol 20 nafar gidrometr va uchastka rahbarlariga elektr skuterlar hamda “elektr muravay” planshetlari topshirildi. Yaqin kunlarda yana 25 ta elektr skuter xodimlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qurbon hayiti munosabati bilan muassasaning yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va mukofot pullari barcha xodimlarga taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari qayd etganidek, bunday rag‘batlantirish chora-tadbirlari ishchi-xodimlar mehnatini munosib baholash, ularning fidokorona faoliyatini yanada samarali tashkil etish, sohada mas’uliyat va ishtiyoqni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tadbirda so‘zga chiqqanlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, ta’minot jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda suv hisobini yuritishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurligini alohida ta’kidladilar.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri