Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol va tashabbuskor kursantlar rag‘batlantirildi
16:28 / 2022-10-25

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi saf maydonida o‘tkazilgan tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Ta’lim muassasasi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov kursantlarni 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan muborakbod etib, mamlakatimiz ichki ishlar organlarining shonli tarixi, ayniqsa so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtaldi.  

E’tirof etilganidek, ichki ishlar organlarining xalqchilligini ta’minlashga qaratilgan samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Izchil islohotlar davrida tizimni aholiga yanada yaqinlashtirish orqali fuqarolarni tashvishga solayotgan muammo va masalalarni joyida hal etish, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, ijobiy natijalarga erishildi.  

Akademiya boshlig‘i ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib, tizim uchun zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash jarayonlari tubdan isloh qilinganini ta’kidladi.  

– 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Akademiyaning ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltirish, innovatsion ta’limni yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, ayniqsa, xorijning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga keng yo‘l ochilgani kadrlar tayyorlash samaradorligiga xizmat qilmoqda. bugungi davr kursantlarimizning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari, kasbiy hamda jangovar-jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “maqsadimiz – Yangi O‘zbekiston yoshlarini dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazish”, – dedi Akademiya boshlig‘i.  

Tadbir yakunida o‘quv yili davomida o‘zini ijobiy tomondan namoyon etib, fanlarni o‘zlashtirishda hamda jamoat tadbirlarida namuna ko‘rsatgan kursantlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek bir guruh yoshlarning ota-onalariga Akademiya boshlig‘ining minnatdorlik maktublari yuborildi.

IIV Akademiyasi

Axborot xizmati