Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol va ilg‘or xodimlar sharaflandi
16:23 / 2024-07-08

Andijon davlat chet tillar institutida namunali faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar, ilg‘or va faol xodimlarni taqdirlash - “ASIFL HONOUR” taqdimoti o‘tkazildi.

Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida “Sharaf kodeksi” ishlab chiqilgan.  Unga ko‘ra har o‘quv yili oxirida yil davomida samarali mehnat qilgan xodimlar rag‘batlantiriladi.

– Institutimiz jamoasi 2023-2024 o‘quv yili davomida samarali faoliyat olib bordi,  bir qator yutuqlar qo‘lga kiritildi, – deydi institut rektori Dilshodbek Rustamov. – Xususan, faoliyatimizda malakali mutaxassislar tayyorlash, inson kapitalini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasi va  ta’lim sifatini oshirish, xodimlarga zarur ish sharoitlari yaratish, jahondagi rivojlangan OTMlarining top 1000 taligiga kirish, institut ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

[gallery-18176]

G‘oliblikka nomzodlarning hujjatlari odillik va shaffoflik asosida ko‘rib chiqildi. Hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra, taqdimot tadbirida institut ijtimoiy hayotida o‘zining fidoiyligi, mehnatsevarligi bilan hamkasblariga o‘rnak ko‘rsatgan, o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda faol qatnashgan, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyat, urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarida samarali ish olib borgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar “O‘quv yilining eng yaxshi ustozi”, “O‘quv yilining eng yaxshi yosh olimi”, “O‘quv yilining eng yaxshi ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “O‘quv yilining eng yaxshi olima ayoli”,  “O‘quv yilining eng yaxshi tyutori” singari 13 ta nominatsiya bo‘yicha munosib taqdirlandi.  

Taqdimot tadbirining gran-pri sovrini “O‘quv yilining eng yaxshi o‘qituvchisi”  deb topilgan Mo‘minjon Ashurovga nasib etdi. Unga institut rahbariyati tomonidan statuetka, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

– Mehnatlarim e’tirofidan behad mamnun bo‘ldim, – deydi Mo‘minjon Ashurov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda biz o‘qituvchilarga, olimlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar erishayotgan yutuqlarimizning bosh omili bo‘lmoqda. Ishonch bilan ayta olamanki, ta’limga ko‘rsatilayotgan e’tibor yaqin yillar ichida albatta o‘z samarasini beradi, yurtimiz taraqqiyoti yanada yuksaladi.  

Shuningdek, targ‘ibot tadbirida bir guruh professor-o‘qituvchilar, xodimlar viloyat hokimining hamda institut rektorining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari