Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol va fidoyi xodimlarga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi
11:03 / 2021-08-29

Yurtimiz bo‘ylab istiqlol bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan bir qator yurtdoshlarimiz «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlanmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligining ana shunday bir guruh xodimlariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi.

- Bu mukofot vazirligimiz fidoyilarining mehnatlari uchun munosib rag‘bat, yuksak ishonch va albatta, bundan keyingi faoliyati uchun mas’uliyatdir, - deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova. - Bu kabi e’tibor sohada olib borilayotgan izlanishlarni va kelajakdagi ishlarni jadallashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Shuningdek, bayram munosabati bilan faol xodimlar vazirlik tomonidan taqdirlandi.

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA