Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol tadbirkorlik orqali taraqqiyotga erishish mumkin
15:04 / 2020-01-23

Xususan, tadbirkorlik, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, opa-singillarimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida e’tiborga molik ishlar bajarildi.


2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq sohasini takomillashtirish, mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘nalishlarida ulkan ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, tadbirkorlik, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, opa-singillarimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida e’tiborga molik ishlar bajarildi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasbga qayta o‘qitish singari yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirildi, ko‘plab seminar va tadbirlar o‘tkazildi. Ularda 1 ming 200 nafarga yaqin xotin-qiz ishtirok etdi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, 65 nafar xotin-qiz 1 milliard 131 million so‘m miqdorida kredit olib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Natijada 200 nafarga yaqin opa-singillarimizning bandligi ta’minlandi.

Davlatimiz rahbarining bu yilgi Murojaatnomasida ham mamlakatimiz taraqqiyoti, aholi turmush farovonligini yanada mustahkamlashga, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, umuman, opa-singillarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, oilada munosib o‘rin topishini ta’minlashga xizmat qiladigan masalalarga alohida e’tibor qaratilishini, yangi-yangi g‘oyalar ilgari surilishini juda-juda istar edim.

Nargiza MIRZALIMOVA,
“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon
ayollar assotsiatsiyasi Andijon viloyati
hududiy bo‘limi ijrochi direktori