FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, Prezidentimizning tegishli Farmon va Farmoyishiga muvofiq, farg‘onalik bir guruh tadbirkorlar ham davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun viloyat hokimligida mazkur mukofotlarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-24835]
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan tadbirkorlarni samimiy tabrikladi. Bu mukofotlar ularning fidokorona xizmatlariga berilgan munosib baho ekanini qayd etdi. Tadbirkorlarning samarali mehnati, viloyat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.
Mukofotlar tantanali tarzda o‘z egalariga topshirildi. So‘zga chiqqan tadbirkorlar e’tibor va rag‘bat uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishlarini bildirdi.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar