Xabaringiz bor joriy yilning 20 avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda avvalambor bir yillik bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar qisqacha, raqamlarda keltirib o‘tildi.
Ochiq muloqot davomida, Prezident beshta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tib, ularning har biri yuzasidan ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi va har yili shu tariqa biznes va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilishi, bir yillik bajarilgan ishlar natijalari sarhisob qilinib, eng ilg‘or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanishini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, endilikda ko‘plab ish o‘rinlarini yaratgan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan, el-yurt orasida obro‘ qozongan biznes vakillari mehnatini e’tirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi.
Xususan, 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kegashi Raisi — Bekzod Mamatqulov Prezident tomonidan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur ko‘krak nishoni mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rQKN00wo2V4" title="“Faol tadbirkor” sohadoshlarining 5 yil avvalgi va bugungi mavqei haqida..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
O‘zi boshchiligidagi BMB Trade Group kompaniyasi orqali besh yildan ortiq vaqt mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini rivojlantirishga hissa qo‘shib, sezilarli ijobiy natijalarga erishib kelayotgan tadbirkor — Bekzod Mamatqulov, investitsiya va konsalting sohasida biznes qurib, xaridorbop mahsulot va xizmatlar eksporti va importini kengaytirish maqsadida xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirishga ham faol ko‘maklashib kelmoqda.
“Faol tadbirkor” sohadoshlariga berilayotgan bugungi har tomonlama e’tibor va yuksak ma’naviy e’tiroflar, shaxsan prezident boshchiligida o‘tkazilayotgan ochiq muloqot va unda ilgari surilgan tashabbuslar borasida shunday deydi:
“bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning eng muhim “drayver”i hisoblangan tadbirkorlik sohasiga e’tibor berish barobarida, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, shu bilan birgalikda, yangi bosqichga olib chiqish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Muhtaram prezidentimiz mazkur yig‘ilishda; “Men prezident sifatida xorijiy investitsiyalarga kafilman, tadbirkorning ortida men turibman” deya baralla aytib, bugungi tadbirkorlarning eng asosiy ishonchiga aylandilar” .
“Qolaversa, bugungi kunda tadbirkorlarda o‘tgan va bugungi davr sharoitlarni taqqoslash imkoniyati mavjud. Xususan, besh yil avvalgi holatlar va o‘z faoliyatim nuqtai nazaridan kelib chiqib gapirsam, oddiy tadbirkorlik firmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kamida ikki oy vaqt kerak bo‘lar edi va buning uchun kamida besh yuz dollar kerak bo‘lar edi”. Shu tariqa Bekzod Mamatqulov tadbirkorlar va ular faoliyatiga bo‘lgan kechagi va bugungi munosabatlar hamda tafovutlarni birma-bir ochiq sanab o‘tdi.
Davomini batafsil videoda ko‘ring:
M.Eshmirzayeva Yo.Melibayev