Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol soha vakillariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari laureati nishoni topshirildi
13:03 / 2021-11-11

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri binosida bo‘lib o‘tayotgan tantanali tadbirda sohaning faol vakillariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining laureati nishoni topshirildi.

O‘tkir Sheripov ana shunday laureatlardan biridir. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 68-maktabda biologiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Yosh muallimning o‘quvchilari bilimlar bellashuvlari, fan olimpiadalarida faol va muvaffaqiyatli qatnashadi.

– Davlatimiz rahbarining tabrigi nazarimda tadbirning barcha ishtirokchilarini ruhlantirdi, – dedi O‘tkir Sheripov. – bugungi kunda o‘qituvchilarni ijtimoiy himoyalash, moddiy va ma’naviy qo‘llab -quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda kasaba uyushmalari tashkiloti ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tantanali tadbir davom etmoqda.

 

N.Usmonova, O‘zA