French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol o‘quvchilar va fidoyi ustozlar e’tirof etildi
17:17 / 2023-05-25

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilarni unutilmas kun bilan qutladi. Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib, eshittirdi. 

[gallery-12061]

Viloyat rahbari bitiruvchilarga kelgusida o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rniga ega, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar sifatida kamol topishini tilab, ishonch bildirdi. 

Turli sport musobaqalari, bilimlar bellashuvi, xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan hamda faol va iqtidorli o‘quvchilar, fidoyi ustozlar munosib taqdirlandi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA