Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol NNTlar taqdirlandi
10:28 / 2023-03-02

Andijonda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan “Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.  

Unga ko‘ra, ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etilishi, har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazish, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish bilan bog‘liq qator vazifalar belgilandi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “Inson huquqlari haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda viloyat adliya boshqarmasi mutasaddi va mutaxassislari, viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

[gallery-10778]

Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi raisi Farhodbek Otaxonov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Matlubaxon G‘aniyeva tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklik asosida davlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

– “Inson huquqlari” haftaligi doirasida huquqiy-ma’rifat yo‘nalishida o‘tkazilayotgan tadbirlar viloyatdagi jamoat tashkilotolari va fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Raxmatillo Arziyev. – bugungi kunda viloyatda 550 dan ziyod jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ular viloyatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish, turli muammolarni keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi ishlarda faol qatnashmoqda. Bundan tashqari, NNTlar tomonidan joylardagi turli muammolarni hal etishga qaratilgan qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.  

Seminarda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamoldin Mashrapov, Andijon viloyati sudi sudyasi Alisher Abdurahmonovning inson huquqlarini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.  

 Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar, shuningdek, odam savdosi, norasmiy tashqi va ichki mehnat migratsiyasi, majburiy mehnatga jalb etishning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlarini yanada kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat, hududiy hamda inson huquqlari sohasidagi dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish, umuman, NNTlar faoliyatini rivojlantirish, inson huquqlari himoyasini ta’minlash ishlarini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Seminar yakunida namunali va faol ish olib borayotgan bir guruh nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa instituti vakillari viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA