Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol, ibratli va jonkuyar ayollar taqdirlandi
10:57 / 2023-12-23

FOTOREPORTAJ

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yil ayoli”, shuningdek, “Gender tenglik faoli” hamda “Eng namunali tadbirkor” tanlovlari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Malika Mamadiyorova keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, qator loyiha va tanlovlar  opa-singillarimizga o‘z salohiyati hamda qobiliyatini namoyon etishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda viloyatda 63 nafar ayol “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni, 31 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Joriy yilda mahallalardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 ming 56 nafar xotin-qizga belgilangan tartibda ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi va ushbu maqsadlar uchun 47 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Oliy ta’lim muassasalarida shartnoma asosida o‘qiyotgan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 150 nafar talaba qizning kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. 

[gallery-15178]

Tanlovda “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”,“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibratli, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol bo‘lgan ayollarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA