“Faol hayotga qadam” dasturi amalda (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Faol hayotga qadam” dasturi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur doirasida 18 yoshdan katta bo‘lgan, mustaqil hayot kechirish imkoniyati cheklangan shaxslarga vaucher asosida bepul ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ular orasida uy sharoitida parvarish va yordam, ovqatlantirish, gigiyena qoidalariga yordam, psixologik ko‘mak va tyutorlik xizmatlari bor. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Nodirabegim” mahallasida tashkil etilgan ushbu maskan 9 nafar fuqaroga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 7 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqaroga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Maskanda 5 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, ularning barchasi oliy toifali, ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega mutaxassislar hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida: Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi. Vaucher qiymati hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to‘lanadi.
Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi. Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:
- uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
- Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;
- shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
- I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
- ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
- birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.
2025 yil 1 dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UcQXzg1zgOI?si=oF0KUJKt8Z_5oK0k" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov