Faol hamkorlik mushtarak maqsadlarga xizmat qiladi
Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati tufayli nafaqat qoʻshni davlatlar, balki uzoq va yaqindagi xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlanib, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati tufayli nafaqat qoʻshni davlatlar, balki uzoq va yaqindagi xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlanib, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilmoqda.
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik xususida soʻz borganda albatta, hozirda katta ahamiyat qaratilayotgan parlament diplomatiyasining oʻrnini ham alohida taʼkidlash joiz. Ayni paytda parlament quyi palatasi va Oliy Majlis darajasida xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar tuzilib, ular oʻrtasida nafaqat parlament, balki turli yoʻnalishlarda doimiy muloqotlar yoʻlga qoʻyilmoqda.
Buning yorqin isboti sifatida joriy yilning 23-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhining Ozarbayjon parlamenti aʼzolari bilan onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxrom Ashrafxonov hamda Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi munosabatlar yana-da mustahkamlanib borayotgani, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda parlamentlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik tufayli erishilgan natijalarga toʻxtalib, parlamentlararo muloqotlarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlar bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab borishlari, savdo-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ishtirokchilar eʼtibor markazida boʻldi.
– Yangilanayotgan Oʻzbekistonning yangi parlamenti deputatlari tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda zamonaviy yondashuv amalga oshirilmoqda, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi rahbari Dilorom Fayziyeva. – 2020-yilning yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining deputatlarga yoʻllagan murojaatnomasida parlament diplomatiyasini rivojlantirish masalasiga alohida urgʻu berilgan edi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhining ilk onlayn uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi. Ozarbayjonlik hamkasblarimiz bilan turli mavzularda fikr almashdik. Birinchi navbatda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish muhokama markazida boʻldi. Hamkasblarimiz ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni birinchi oʻringa qoʻyishmoqda. Muloqot davomida nafaqat istisodiy, balki ijtimoiy masalalar ham koʻtarildi.
Tomonlar keng koʻlamli yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro manfaatli parlamentlararo hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtdi.
Muloqot chogʻida butun dunyoni tahlikaga solib kelayotgan koronavirus pandemiyasi, uning jahon mamlakatlari boʻylab tarqalishi miqyosi, mazkur kasalikka qarshi kurash masalalari ham ikki mamlakat parlamenti vakillari eʼtiborida boʻldi. Ushbu global tahdidga qarshi Oʻzbekiston va Ozarbayjonda koʻrilayotgan choralar xususida fikr almashildi.
Shu maʼnoda pandemiyaning ikki davlat savdo-iqtisodiy aloqalariga salbiy taʼsirining oldini olish maqsadida hamkorlikda ish olib borish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Onlayn muloqot yakunida qonun ijodkorligi sohasidagi istiqbolli jihatlarni oʻrganish borasida hamkorlikni yana-da kuchaytirishga kelishib olindi.