English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol donorlar taqdirlandi
15:47 / 2022-06-14

Respublika qon quyish markazida Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova, vazirlik mutasaddilari, sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar hamda donorlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda yurtimizda bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlash hamda qon quyish stansiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  

Respublika qon quyish markazi, Toshkent shahar «Qon preparatlari» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, 13 ta hududiy va 2 ta respublika tasarrufidagi qon quyish stansiyasi hamda 13 ta qon quyish bo‘limida sifatli qon va uning tarkibiy qismlarini yig‘ish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or uslublar amaliyotga tatbiq etilyapti.

Beg‘araz donorlik aksiyalari o‘tkazilib, og‘ir bemorlar hayotini saqlab qolishga erishilmoqda. Tadbirda mazkur aksiyalarda faol ishtirok etib kelayotgan 5 nafar faol donorga sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni topshirildi.  

M.Qosimova, O‘zA