Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faol ayollar Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi
14:00 / 2024-12-14

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ayollar muammosiga oid turli loyihalarni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda Osiyo taraqqiyot banki vakillarining   uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Mazkur muloqotdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish, ikki tomonlama  hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishdan iborat.  

Uchrashuvda mehmon tomondan joriy etilishi ko‘zda tutilayotgan Texnik ko‘mak loyihasi taqdimot qilindi.  

Qo‘mita va uning 14 ta hududiy bo‘linmalarining kamida 30 nafar xodimi uchun gender byudjetlashtirish, gender auditi, genderga asoslangan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.  

Shu bilan birga, Maslahat kengashlarining ish faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, davlat organlari Maslahat kengashlarining ishlarini rejalashtirish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarini, gender faoliyati dasturini ko‘rib chiqish va yangilangan, takomillashtirilgan yo‘riqnomalarni tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.  

Gender masalalari bo‘yicha kelgusi hamkorlik uchun tavsiyalar ishlab chiqish haqida suhbatlashildi.  

Uchrashuv yakunida Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova xalqaro moliya instituti tomonidan tavsiya etilayotgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanishi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirilishini ma’lum qildi.  

N.Usmonova,  

O‘zA