FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faollik ko‘rsatayotgan ayollar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari va tuman-shahar hokimlarining oila va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari mas’ullari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, adliya, ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasini tashkil etish hamda o‘tkazish, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oilada ayollarning o‘rni kabi masalalar kun tartibidan joy oldi.
[gallery-21799]
Seminarda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Komila Kavlonova Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Jamiyatda bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi”, degan ezgu g‘oyani amaliyotga izchil tatbiq etishning mohiyati va ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Kitobxonlikni targ‘ib etish, davlat fuqarolik xizmatida gender tenglik, xotin-qizlar haq-huquqlarini to‘la ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha manzilli ishlar muhokama etilib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA