Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FAO O‘zbekistonning nodulyar dermatit kasalligiga tayyorgarligini oshirmoqda
14:24 / 2022-12-22

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasi hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga mamlakatda nodulyar dermatit kasalligi paydo bo‘lish xavfiga qarshi kurashish maqsadida laboratoriya asboblari va reagentlarni taqdim etdi.

- FAO tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam samarasida, chorva hayvonlari kasalliklarini ancha tez va samarali tashxiz etish imkoniga ega bo‘ldik, - deydi Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat  mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi direktori  Bahriddin Tangariqov. – Avvalroq, FAO loyihasi doirasida  markazimiz xodimlari nodulyar dermatitga qarshi kurashishga qaratilgan turli o‘quv treninglarida qatnashishgan edi.  

Nodulyar dermatit hasharotlar orqali o‘tadigan qoramol chechak virusidir. Bu kasallik inson salomatligi uchun xavf tug‘dirmaydi, biroq u sut mahsuldorligi va hayvonlar tana vaznining pasayishi tufayli  chorvachilikka jiddiy iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin. Ilgari bu kasallik Afrikada uchragan, biroq so‘nggi  o‘n yilda u butun Yaqin Sharq mamlakatlari, Turkiya, Bolqon, Kavkaz, Rossiya va Qozog‘istonda ham tarqaldi. Bularning barchasi kasallikning qo‘shni davlatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida ham paydo bo‘lish xavfini ancha oshirdi. Masalan, kasallik holatlari qayd etilgan Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan Qirg‘iziston va O‘zbekistonda profilaktika chora-tadbirlari boshlab yuborildi.  

FAO mamlakatlarga chorva hayvonlarining nodulyar dermatit va boshqa kasalliklariga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatishda katta tajribaga ega. Tashkilotning “Markaziy Osiyoda yirik qoramollarning nodulyar dermatit kasalligiga  mintaqaviy tayyorgarligini mustahkamlash” loyihasi Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda. Xususan, loyiha doirasida favqulodda vaziyatlarda milliy harakatlar dasturi, epidemiologik nazorat strategiyasi va nodulyar dermatit aniqlanganda, emlash strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.  Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi  chorvachilikka bevosita bog‘liq bo‘lgan  kichik fermerlarga zarar yetkazilishning oldini oladi.  

G. Abdullayeva, O‘zA