Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Fan va atom” festivali o‘tkazilmoqda
13:30 / 2022-12-14

Bugun “O‘zatom” agentligida “Fan va atom” festivalining ikkinchi kun tadbirlari o‘zi ishini boshladi. Unda talabalar va maktab o‘quvchilari “Aqlli Toshkent” ilmiy shousi va “Yuqori quvvatli reaktorlar VS Kichik modulli reaktorlar” mavzuida ilmiy bahslarda ishtirok etmoqda.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda har yil o‘tkazilib kelinayotgan “Fan va atom” festivali yoshlarga atom fani va texnologiyalaridagi so‘nggi yutuqlar haqida to‘liq ma’lumot berish, shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarini ommalashtirish uchun mo‘ljallangan muhim tadbir hisoblanadi.  

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati rahbari Gulruxsor Ravshanovaning ta’kidlashicha, atom sanoati va yadro texnologiyalari rivojlanib borayotgan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ilm-fan va atom festivallari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.  

Ushbu festival O‘zbekistonda 2019 yildan buyon “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Bu  yil tadbir Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universitetining filiali, Atom texnologiyalari axborot markazi o‘tkaziladi. Ahamiyatlisi, bu yilgi festival kengaytirilgan ko‘ngilochar o‘quv dasturlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, tadbir uch kunlik atom va texnologiyalari olamiga to‘liq sho‘ng‘ish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.  

Festivalning birinchi kun tadbirlari Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universitetining filialida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar dastur doirasida tadbirlarga qatnashdi va ular uchun filialning o‘quv binosiga ekskursiya uyushtirildi. Maktab o‘quvchilari universitetdagi o‘quv sharoitlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi, ilmiy izlanishlarda qatnashdi va oliy dargoh negizida tayyorlanayotgan yadro va energetika fiziklarining kasbi haqida ko‘proq ma’lumot olishiga imkoniyat yaratildi.  

Festivalning uchinchi kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi umumta’lim maktabda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Festivalning eng faol ishtirokchilari maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

Festival 16 dekabr kuni o‘zi ishini yakunlaydi.  

 

Nasiba ZIYODULLAEVA,  

O‘zA