Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasida faoliyat olib borayotgan ayollar ishtirokida xalqaro forum
16:44 / 2024-02-13

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ixtirochi ayollari markazi, Integral universiteti (Hindiston), YUNESKO va BMTning Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Ayollar STEMda” (“Women in STEM”) xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur forumdan va “Innovator ayollar-2024" ilmiy anjumanidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda STEM – fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarning jamiyatdagi o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 

Shuningdek, ushbu yirik loyiha ushbu sohalarda xilma-xillik va shaffoflikni ta’minlash hamda sohada ayollar duch keladigan to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Forum doirasida muhokama yig‘ilishlari, seminarlar, mahorat darslari va mintaqadagi olima ayollar tomonidan taqdim etilgan ilmiy taqdimot sessiyalari tashkil etiladi. Forumning maqsadi O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi olima va muhandis ayollarning keyingi avlodini ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashdir. 

“Women in STEM” festivali BMT tomonidan 2015 yilda e’lon qilingan "11 fevral – Fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni”ni nishonlash doirasida tashkil etilgan. 

Aytish kerakki, 2009 yil 22 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida 11 fevralni “Fandagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilindi. Shunday qilib, bu kun BMTning xalqaro kunlardan biriga aylandi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xotin-qizlarni oliy ta’lim, fan sohasiga kengroq jalb etish imkonini bermoqda. 

Uch kun davomida mazkur forum doirasida qizlarni STEM – fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika sohalariga tobora ko‘proq jalb etish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengroq yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb masalalar muhokama etiladi. 

Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova so‘zga chiqdi. 

N.Usmonova, Nosirjon Haydarov (suratlar), O‘zA