Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
23:59 / 2025-12-05

Urganch shahrida asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qariyb o‘n kundan ortiq davom etgan olimpiadada  1 ming  800 nafardan ortiq  9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok qilib, barcha g‘oliblarni tabrikladilar.

—Bo‘lib o‘tgan olimpiada jarayonlarida o‘zim ishtirok etib,  o‘quvchilar, kuzatuvchilar va hakamlar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini tingladim, —deydi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov. —Shuningdek, jarayonni yanada samarali tashkil etish uchun tashkiliy qo‘mita a’zolariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarimni berdim.  Xorazm buyuk alloma va donishmandlar yurti. Bu yerda sinovlardan o‘tib, katta marralarni maqsad qilgan, zo‘rlarning zo‘ri yig‘ilgan. Men amin bo‘ldimki,vohada  yuqori intellektualli o‘quvchilar juda ko‘p ekan.  

[gallery-26587]

Eng kuchlilarni bir manzilda jamlagan taqdirlash marosimida 15 ta fan bo‘yicha 1-2-3-o‘rin egalariga diplom hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblarga  birinchi o‘rin uchun 2 million 472 ming so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 1 million 648 ming so‘m va  uchinchi o‘rin uchun 1 million 236 ming so‘m pul mukofoti ajratildi.

Ma’lumot o‘rnida: viloyat bosqichida jami g‘oliblar soni 133 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 45 nafar 11-sinf o‘quvchisi olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat),

O‘zA muxbirlari