Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan olimpiadasi g‘oliblari muddatidan oldin talaba bo‘ldi
14:32 / 2021-05-28

Buxoroda umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik litseylar bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan olimpiadaning shahar va tuman bosqichlarida 900 nafardan ortiq bitiruvchi qatnashdi. Ular orasidan 65 nafari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichi natijalariga ko‘ra, Qorako‘l xalqaro matematika maktabi bitiruvchisi Olimjon Olimov, Peshku tumanidagi 6-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Diyorbek Murodov, mazkur tumandagi 14-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Xurshid Yo‘ldoshev g‘olib bo‘ldi. Ular Buxoro davlat universitetiga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.

 

Z.Komilov, O‘zA