French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan olimpiadasi g‘oliblari 7,2 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
15:16 / 2021-03-15

Andijonda kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi raisi Ibrohimjon Asqarov nomidagi kimyo fani olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdan yetishib chiqqan olim, professor va akademiklar sharafiga viloyat fan olimpiadalari o‘tkazilishi an’anaga aylandi. Shu kunga qadar akademik S.Zaynobiddinov, professorlar R.Shamsuddinov, A.Nurmonov S.Rahimov sharafiga fizika, tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyoti fanlaridan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazildi.  

O‘zbekiston kimyo fanining yetuk olimlaridan biri, kimyo fani va tabobat ilmiga oid juda ko‘p ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar muallifi, professor Ibrohimjon Asqarov sharafiga o‘tkazilgan kimyo fani olimpiadasida juda ko‘p o‘quvchi yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-1563]

Fan olimpiadasi bahslarining tuman, shahar bosqichlarida 2 ming 458 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ular orasida yuqori natijalarga erishgan 250 nafar yosh kimyogar viloyat bosqichida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 3 yosh toifasi bo‘yicha 18 nafar o‘quvchi g‘olib, deb topildi.  

G‘oliblar umumiy summasi 7,2 million so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA