Buxoro davlat tibbiyot institutida ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash yig‘ilishi paytida tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun ikkita dissertatsiya himoya qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
"Allergologiya va immunologiya" va "Akusherlik va ginekologiya" mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi dissertatsiya ishi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialini bitirgan va 2018 yildan buyon mustaqil izlanuvchisi bo‘lgan Dildora Ismoilova tomonidan taqdim etildi.
Uning tadqiqotlari “Ayollarda genital endometriozning klinik immunologic rivojlanish mezonlari va differensial imunokorreksiyani asoslash” deb nomlanadi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 13 ta ilmiy maqola chop etilgan bo‘lib, shulardan 6 tasi jurnal maqolalari (2 tasi respublika, 4 tasi chet el jurnallarida), 1 ta maqola SCOPUS da va 2 ta uslubiy tavsiyanomadir.

Dildora Ismoilovaning ginekologik patologiya va ayollarning bepushtlik tuzilishidagi eng keng tarqalgan muammolardan biriga bag‘ishlangan tadqiqoti kasallikning klinik ko‘rinishlari va immunologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, immunodiagnostikaning yangi samarali usullari va immunokorektiv terapiya uchun dori - darmonlarni individual tanlash, ular Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-sonli klinikasi va Xorazm viloyat perinatal markazining amaliyotiga muvaffaqiyatli joriy etildi. Olingan natijalar kasallikning mumkin bo‘lgan asoratlari sonini kamaytirishga va kasalxonada kasallarni davolash muddatini qisqartirishga imkon berdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining «Allergologiya va immunologiya» va «Pediatriya» yunalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan 1-sonli bolalar kasalliklari kafedrasining mustaqil izlanuvchisi Gulnoza Toshmatova tomonidan taqdim etildi.

Uning tadqiqot mavzusi "O‘zbekiston sanoat hududlaridagi bolalarda bronxial astmaning klinik – patogenetik xususiyatlari, tashxisot va davolash usullari" deb nomlanadi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 30 ta ilmiy ishlar chop etilgan. Shulardan 11 ta jurnal maqolalari (8 tasi respublika, 3 tasi chet el jurnallarida), shuningdek 2 ta uslubiy tavsiyanomalar hisoblanadi.
Gulnoza Toshmatova o‘z ishida atrof-muhit ifloslanishi oqibatida o‘sib borayotgan bola organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va Toshkent viloyatining sanoat mintaqalarida yashovchi bolalar orasida bronxial astma belgilarining tarqalishi masalalarini o‘rgangan. U amaliy sog‘liqni saqlashda o‘zgartirilgan ISAAC (Xalqaro astma va bolalik davrida allergiyani o‘rganish) so‘rovnomasidan foydalanishni taklif qildi.

Bu bronxial astma bilan kasallangan bolalarni erta tashxislash va ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon beradi. Shuningdek, u sanoati rivojlangan mintaqalarda bronxial astma rivojlanishidagi antropogen yukning rolini aniqlashga yordam beradigan va bolalarda ushbu kasallikning oldini olish samaradorligini oshirishga imkon beradigan noqulay ekologik omillarning birgalikdagi ta’sirini o‘rganib chiqdi.
Bronxial astma rivojlanishini aniq tashxislash, asoratlar sonini kamaytirish, kasallikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va remissiya vaqtini uzaytirishga imkon beradigan olingan ilmiy natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli pediatrik allergiya kafedrasi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, dissertantlarga kerakli daraja berildi.
Zarif Komilov, O‘zA