Falastinlik Bazel Adra “Boshqa yurt yo‘q” nomli hujjatli film rejissyori sifatida tanilgan. Falastin– Isroil hamkorligida suratga olingan bu filmda G‘arbiy sohildagi bir qishloqni buzib tashlashga qarshi aholi kurashi yoritilgan. Adraning shu ijodi “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
Shanba kuni Isroil askarlari rejissyorning Iordan daryosi g‘arbida joylashgan uyiga borgan. Uning aytishicha, harbiylar rafiqasidan uning qayerdaligini so‘ragan va telefonini titkilagan. O‘sha payt juftlikning to‘qqiz oylik qizalog‘i ham uyda edi. Shu kuni ertalab mustamlakachilar Adra yashaydigan qishloqqa ham hujum qilib, uning ikki akasi va bir amakivachchasini jarohatlagan. Bazel yaralangan yaqinlarini shifoxonaga olib borgan chog‘ harbiylar uning uyiga shunchaki tekshirish uchun bormagani, balki bostirib kirishganidan xabar topgan.
Ayni payt Isroil ommaviy axborot vositalari voqeaga boshqacharoq ta’rif beryapti: go‘yoki, terrorchilar ikki isroillik fuqaroni toshbo‘ron qilib jarohatlagan, yaradorlar shifoxonaga yotqizilgach, qishloqqa reyd amalga oshirilgan. Harbiylar hujum haqidagi xabardan so‘ng hududga qo‘shin jo‘natgani, “hozir manzil ko‘zdan kechirilayotgani va gumondorlar so‘roq qilinayotgani”ni ma’lum qilgan. So‘roqqa tutilganlar orasida Adra ham bo‘lganini bir harbiy manba tasdiqlagan.
Falastinlik va isroillik to‘rt rejissyor – Bazel Adra, Hamdan Ballol, Yuval Abraxam va Raxel Szor hamkorligida ishlangan “Boshqa yurt yo‘q” kartinasida Masofir - Yatta aholisi o‘z uylarini buzdirmaslik uchun qanday kurashayotgani va afsuski, ularning jamoasi baribir, sekin-asta haydab chiqilayotgani haqida hikoya qilingan.
Bazel Adra jurnalist va rejissyor sifatidagi faoliyatini Masofir - Yattadagi zo‘ravonlikni, xususan mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlarni hujjatlashtirishga bag‘ishlagan.
– Mustamlakachilarni shunchaki tasvirga olsangiz ham, Isroil askarlari kelib, sizga bosim o‘tkazadi, uyingizni tintuv qiladi, – deydi Adra. – Butun tizim bizga hujum qilish, qo‘rqitishva dahshat uyushtirish uchun qurilgandek...
Rejissyor Yuval Abraxam qo‘shimcha qiladi:– Bugun qishloqda bo‘lgan voqea –doimiy takrorlanib kelayotgan holat: avval qishloqqa bosqin uyushtiriladi, keyin armiya falastinliklarga hujum qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0SiMUPZGWfA" title="Falastinlik“Oskar” sohibi Isroil askarlarini ayblamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA