Falastin yana tahlika ostida…
Falastinda yana qirg‘in boshlandi, norasida bolalar halok bo‘lmoqda. Bugun tongda Isroil G‘azoga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirishi oqibatida 200 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi bolalar ekani aytilmoqda. 100 dan ziyod odam yaralangan. Bu ma’lumotlar “Euronews” xabarida keltirilgan.
Isroil Bosh vaziri idorasi armiyaga XAMASni nishonga olishni buyurgan. Shu tariqa G‘azo shahri, Dayr Al-Baloh, Xon Yunus va Rafoh o‘qqa tutilgan.
Amaliyot XAMAS garovga olinganlarni ozod qilishdan bosh tortgani va AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan taklif qilingan sulh bitimi rad etilishi bilan izohlangan. Isroil bosim yanada kuchaytirilishini iddao qilmoqda.
Tabiiyki, XAMAS so‘nggi reydni qoralab chiqdi:
– Biz jinoyatchi Netanyaxuni G‘azoga, himoyasiz aholi va Falastin xalqiga nisbatan xoinona tajovuzkorlik oqibati uchun to‘liq javobgar hisoblaymiz.
Musulmon Ziyo, O‘zA