Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Falastin Prezidentining maxsus vakili XAMASga murojaat qildi
10:28 / 2024-08-24

XAMAS harakati yagona qonuniy hukumat mavjudligini tan olishi kerak, shundagina tashkilot Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) himoyasi ostida ishlay oladi. Bu fikrni Prezident Mahmud Abbosning xalqaro qarorlar bo‘yicha maslahatchisi, maxsus vakil Riyod Al-Malikiy “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida bildirgan.

– XAMAS yagona Falastin rahbariyati, qonuni va faqat birgina Qurolli kuchlari mavjudligi, FOT davlatning qonuniy vakili ekanini tan olishi kerak, – degan u. – Harakat boshqa ko‘plab fraksiya va tashkilotlar kabi FOT homiyligida faoliyat olib borishi mumkin. XAMAS ham xalqaro huquq va BMTning Falastin bo‘yicha qarorlarini e’tiborsiz qoldira olmaydi. Mazkur tuzilma xalqaro huquqni buzgani uchun ertaga biz sanksiya ostida qolishimiz mumkin. Demak, harakat a’zolari tegishli rezolyutsiyalar va xalqaro huquq tartibiga hurmat, sadoqat ko‘rsatishi shart. Shu talablar bajarilsa, FOT XAMASni xalqaro sanksiyadan himoya qila oladi.