Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Falastin – Isroil ziddiyatida 27 jurnalist qurbon bo‘lgan
11:12 / 2023-10-27

Falastin – Isroil mojarosi keskinlashgandan buyon halok bo‘lgan OAV xodimlari soni 27 nafarga yetdi, deyiladi Jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita (Committee to Protect Journalists – CPJ) tarqatgan xabarda.

Avvalroq 24 jurnalist halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.

– 27 jurnalist halok bo‘lgani tasdiqlangan, – deyiladi qo‘mita sayti axborotida. – Ularning 22 nafari falastinlik, to‘rt nafari isroillik va bir nafari livanlik.

Shuningdek, sakkiz jurnalist jarohat olgani, to‘qqiz nafar muxbir ushlangani yoki bedarak ketgani aytilyapti.