English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Falastin elchisi bilan uchrashuv
21:06 / 2022-06-03

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Falastin Davlati Favqulodda va muxtor elchisi Javod Muhammad Avodni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

F.Sidiqov Elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, mas’uliyatli diplomatik missiyasida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatning bugungi holati va rivojlanish istiqboli, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zA