Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz - Ziroat Mirziyoyeva
Istanbuldagi "Falastin uchun tinchlik sari birgalikda" sammitida nutq so‘zlar ekan, O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva qurolli to‘qnashuvlar oqibatida barcha qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi.
G‘azoda bir oydan ortiq vaqt davom etayotgan, ming-minglab insonlar, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan dahshatli voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi.
"Ming afsuski, xalqaro hamjamiyatning kuchli e’tirozi va bosimiga qaramay, halokat va vayronagarchilik ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada ortib, uning oxiri sira ko‘rinmayapti. Natijada qurolli to‘qnashuvlarga mintaqadagi yangi kuchlarning tortilish ehtimoli tobora kuchaymoqda", dedi O‘zbekistonning Birinchi xonimi.
O‘zA