Falastin BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasini olqishlamoqda
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasi qabul qilinishini olqishlaydi va uning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqlaydi, deb xabar tarqatdi “WAFA” axborot agentligi.
Ma’lumki, bugun BMT Xavfsizlik Kengashi AQSH yetakchisi Donald Trampning G‘azodagi kelishuv bo‘yicha keng qamrovli rejasini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Uni Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 13 tasi yoqlab ovoz berdi, Rossiya va Xitoy esa betaraf qoldi.
Hujjatda G‘azo sektorida xalqaro barqarorlik kuchlari, shuningdek, “tinchlik kengashi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
S.Rahimov, O‘zA