Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Falaj odamlar miyasiga chip o‘rnatish sinab ko‘riladi
17:01 / 2023-09-22

Ilon Mask tomonidan asos solingan Amerikaning “Neuralink” neyrotexnologiya kompaniyasi falaj bilan kasallangan odamlar miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha klinik sinov o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida yozilgan.

Bayonotga ko‘ra, tadqiqot implantning o‘zi, shuningdek, chipni implantatsiya qilishda foydalaniladigan jarrohlik roboti xavfsizligini baholashga qaratilgan.

Bunday operatsiya falaj kishilarga o‘z fikri bilan tashqi qurilmani boshqarish imkonini berishi kerak.

“Tadqiqot davomida “R1” roboti miyaning harakatni boshqaradigan sohasiga o‘ta yupqa va egiluvchan implant ipini jarrohlik yo‘li bilan joylashtiradi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, o‘rnatilgan implant kosmetik nuqtai nazardan ko‘rinmas tus oladi.