So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar orasida bank tizimi islohotlari, xususan faktoring xizmatlarini rivojlantirish bu boradagi muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2024 yil 12 avgustdagi PF-109-son Farmoni bilan faktoring xizmatlarini jadal rivojlantirishga keng yo‘l ochildi. Mamlakatimiz bank tizimida nisbatan yangi mahsulot – faktoring xizmatlarini yanada ommalashtirish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi qo‘llab-quvvatlash va yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida mazkur yo‘nalish jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “korzinka.uz”, “OXYmed”, “Sofizar”, “Cola-cola”, “Promeat”, “Artel” va boshqa bir nechta shu kabi mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan brendlar bilan faktoring operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Bu orqali yuqoridagi korxonalarda bugungi kunda 17 ming nafardan ziyod aholi muntazam ish bilan ta’minlangan hamda xalqimiz ehtiyoji uchun sifatli oziq-ovqat, dori-darmon, zargarlik, maishiy texnika hamda boshqa buyumlar uzluksizligini ta’minlashga erishilmoqda.
Bugungi kunda moliyaviy agentlar orasida mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifati va hajmi jihatidan O‘zmilliybank yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Raqamlarga murojaat qilsak, bugungi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi bank mijozlari hisoblangan korxonalarga faktoring xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 2024 yilda 31 ta (shundan 11 ta xaridor va 20 ta sotuvchi) korxona faktoring xizmatidan foydalangan bo‘lsa, 2025 yilniнг o‘tgan davrida mazkur ko‘rsatkich 3 баробарga ko‘payib, 90 ta (shundan 33 ta xaridor va 57 ta sotuvchi)ga yetdi:
Faktoring xizmatlari joriy qilingandan boshlab bugungi kunga qadar yuqoridagi korxonalar bilan jami 1,02 trln. so‘mлик 1 000 taga yaqin, jumladan 2025 yilning 10 oyi davomida 664,4 mlrd. so‘mлик 627 ta faktoring operatsiyalari amalga oshirildi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rish mumkinki, 2025 yilning o‘tgan davrida faktoring xizmatlari ko‘rsatish hajmi 2024 yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atiga ega. Xususan, amalga oshirilgan faktoring operatsiyalari soni 323 taga yoki 2баробарga ortgan bo‘lsa, joriy yilning 10 ойи davomida 2024 yilga nisbatan 352,7 mlrd so‘m yoki 213%ga ko‘p moliyalashtirish amalga oshirilgan.
O‘zmilliybankning faktoring xizmatlari portfeli yetarlicha diversifikatsiyalashgan hisoblanadi. Masalan, 2025 yil davomida amalga oshirilgan faktoring operatsiyalari korxonalarning iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
Bundan tashqari, O‘zmilliybank mamlakat faktoring xizmatlari bozorida ham o‘zining salmoqli ulushiga ega bo‘lib,
2025 yilda respublika bank tizimida ko‘rsatilgan jami 6,2 trln. so‘mлик faktoring xizmatlarining 11% qismi O‘zmilliybank ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zmilliybank tomonidan mijozlarga mazkur yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlardan yana biri – Respublikada birinchilardan bo‘lib elektron platforma orqali faktoring xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligidir. Qiyoslash uchun, 2024 yilда amalga oshirilgan faktoring operatsiyalarining atigi 30% qismi elektron platforma orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2025 yilning o‘tgan 10 oyiда mazkur ko‘rsatkich 91%ni tashkl etmoqda.
O‘z navbatida, hududlarda faktoring xizmatlarini ommalashtirish, mijozlarning mazkur yo‘nalishdagi moliyaviy savodxonliklarini oshirish maqsadida barcha viloyatlarda ular bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugungi kunga kelib, yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, faktoring xizmatlari ko‘rsatish orqali mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalarning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi natijasida ularning sotuv va pul aylanmalari hajmi sezilarli darajada oshishiga, mahsulot va xizmatlarni muntazam ravishda oldindan to‘lov sharti bilan xarid qilib kelgan xaridorlar uchun ancha qulay sharoit – kechiktirilgan to‘lov shartidan foydalanish imkoniyatini yaratishga erishilmoqda.
O‘zmilliybank tomonidan kichik, o‘rta va yirik biznes korxonalari orasida faktoring xizmatlari bo‘yicha muntazam uchrashuvlar, o‘quv-seminarlar va boshqa targ‘ibot ishlarini olib borish orqali ular orasida faktoring xizmatlarini yanada ommalashtirish rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida
“O‘zmilliybank”AJ
Matbuot xizmati