French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FAKTCHEKING: Qarovsiz qolgan hayvonlarga mas’ul xizmat mavjud
15:40 / 2026-02-09

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yoshlar” telekanalining “Rostini ayting” tok-shousidan qisqartirib olingan lavhada ko‘rsatuv ishtirokchisi tomonidan egasiz uy hayvonlarini tutish, saqlash va ular uchun priyutlar tashkil etish ishlariga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mas’ul ekanligi ta’kidlangan.

O‘zA muxbiri ushbu xabarni fakt-cheking, ya’ni to‘liq taftish qilish uchun qo‘mita mutasaddilari bilan bog‘landi. Va mavjud me’yoriy hujjatlarni o‘rganib chiqdi. Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, mamlakatimizda qarovsiz qolgan va daydi hayvonlarni nazorat qilish va ular bilan bevosita ishlash bo‘yicha mas’ul davlat organi mavjud.

Ya’ni, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qarovsiz qolgan yoki daydi hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini olib borish uchun shahar va tuman hokimliklari obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etilgan.

Qarorga ko‘ra, qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari egasiz it, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etadi, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etadi.

Hayvonlar quturgan taqdirda tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda ish olib boradi.  

Shu bilan birga o‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish ishlari shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining asosiy vazifasi etib belgilangan.

Xamroz Bayanov, O‘zA