French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Facebook tarmog‘idagi 3 million qozog‘istonlikning shaxsiy ma’lumotlari ochiqlanishiga izoh berildi
21:33 / 2021-04-05

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan 3 million qozog‘istonlikning shaxsga doir ma’lumotlari tarqalishiga izoh berdi, deb xabar qiladi zakon.kz. Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi texnik muammolardan xabardor bo‘lish imkoni yo‘q.

Odamlar ro‘yxatdan o‘tishda “Ok” degan tugmachani bosadi bo‘ldi, aslida u hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida shartnomani imzolaydi. Hech kim bu shartnomani o‘qimaydi, shu bois bu narsa faqat Facebookning o‘ziga ayon, – dedi Bagdat Musin Markaziy kommunikatsiyalar xizmati brifingida.

Voqea munosabati bilan raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri qozog‘istonliklarni shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qildi.

Sizni ojiz ahvolga solib qo‘yish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni nashr etmaslik kerak. Bular shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar, telefon raqamingiz, bank kartochkalari va shu kabi ma’lumotlar bo‘lib, ularni oshkor etmaslik kerak, – dedi vazir.

4 aprel kuni xakerlar forumida 533 million nafardan ortiq Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari mavjud ekani ayon bo‘ldi. Ular 106 ta mamlakat fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlaridir.

Jumladan, Qozog‘istondan 3 million, Rossiyadan qariyb 10 million nafar foydalanuvchining ma’lumotlari bor. Ma’lumotlar bazasiga foydalanuvchilarning to‘liq ismlari, turar joyi, tug‘ilgan sanasi, tarjimai holi, telefon raqamlari, ayrim hollarda elektron pochta manzillari joylashtirilgan.