Internet, xususan, undagi turli ijtimoiy tarmoqlarda har kuni millionlab xabar va axborotlar aylanadi.
Bir qarashda tarmoqlar orqali xohlagan fikrni aytish, istagancha turli mavzulardagi xabarlarni tarqatish mumkindek. Ammo har bir ishning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Tegishli qonunlarga muvofiq OAV va boshqa tarmoqlar orqali diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish ta’qiqlanadi.
"Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “Oxirat hisobi” nomli profil egasi esa aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi videolar tarqatib kelgan.
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligidagi tadbirda profil egasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. ekani aniqlandi.
Uning profilida noma’lum ijrochiga tegishli bo‘lgan “Nasheed – axi anta xurrun” (“Brat, tы svoboden”) nomli video tarqatilgan. Yana bir video “Mavla va qud” (“Mavlaya kod nashida”) deb nomlangan.
Shuningdek, B.A.ning telefon raqamiga ochilgan “Telegramm” mobil ilovasi orqali ham “3 xil odamning ibodati qabul bo‘lmaydi” nomli Rashodxon domlaning ma’ruzasini tarqatilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasida B.A. tomonidan tarqatilgan materiallar aqidaparastlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.A.ga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA