Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fabio Kannavaro — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
17:42 / 2025-10-06

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi so‘nggi yillar dunyo futbolining yetakchi shaxslaridan biri, uch karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, Italiya terma jamoasi sobiq sardori — Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi.

O‘FA xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis milliy jamoamizni 2026 yil AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Fabio Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

Aujenio Albarella — yordamchi murabbiy. Ilgari Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.

Troyze Franchesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy. “Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan.

Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi. Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoriya” va “Spal” klublarida murabbiylik qilgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA