Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’zozaxon Rahmonova O‘zbekiston chempioniga aylandi
14:42 / 2025-12-12

Jizzax shahrida taekvondo WT bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati qizg‘in o‘tmoqda.

Musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida vazni -42 kg. bo‘lgan E’zoza Rahmonova yarim finalda Osiyo Muratovani, so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida esa Zuhra Ismoilovani yengib, mamlakat chempioniga aylandi. Bu esa iste’dodli taekvondochimizga nufuzli turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etish huquqini berdi.  

Shuningdek, mazkur yosh toifasida Samira Hayitova, Nozimaxon Abdujabborova hamda Mohidil O‘ktamjonova, yigitlar orasida Yosinbek Odilov, Azizbek Murodov va Alisher Pak shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA