Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgulikka yo‘g‘rilgan tashabbus
18:52 / 2021-12-02

Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Ushbu “dolzarb 40 kunlik”da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ham faol qatnashmoqda. Ayni paytdagi mo‘’tadil iqlim manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish uchun qulay bo‘lgan fursatda Badiiy akademiya binosi tevarak-atrofi hamda hovlisiga Qrim qarag‘ay archasi, Suriya atirguli hamda boshqa turdagi mevali-manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ta’kidlash joizki, bunday ezgu tashabbusdan hech kim, hech qaysi tashkilot chetda qolmayapti. O‘zbekicton Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi jamoasi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida muzey atrofidagi bog‘ va boshqa qator hududlarda ko‘chat ekib, yurtimiz aholisining sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tashabbus umummilliy miqyosda mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA