Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgulikdan ayro maqsadlar: favqulodda yoshlarga qanday g‘oyalar kerak?
11:31 / 2023-12-21

Bugun masofalar qisqarayotgan, munosabatlar yaqinlashayotgan, madaniyatlar mushtaraklashayotgan, zamon tili bilan aytganda, hamma narsa globallashayotgan bir davrda yashayapmiz.

Bu esa insoniyat har qanday jamiyatda ijobiy va salbiy maqsadlar, g‘oyalarni ajrata olishi muhimligini anglatadi. Xo‘sh, bugun dunyoda inson tafakkuriga qanday maqsadlarni singdirishga urinishlar bo‘lmoqda? Umuman, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish uchun favqulodda qanday kuchli g‘oyalar kerak?  

Shu kabi savollar yuzasidan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar doktori Bektosh Berdiyev bilan suhbatlashamiz.  

– Bugun jamiyatda, insoniyat ongida g‘oya tushunchasi qanday shakllanmoqda?  

– Ko‘rib turibmizki, globallashuv jarayoni bir tomondan tobora kuchayib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oya, mafkuradagi murakkabliklar avj olib, chuqurlashib borayotgan bir davrda yashayapmiz. Bugungi kunda yoshlarimizning, ayniqsa, ertangi kunimizni belgilab beradigan O‘zbekiston yoshlariga nisbatan turli xil qarashlar shakllanayotgani, ularning ong-shuurini, tafakkurini egallash uchun juda katta qudratli mafkuraviy kuchlar ishga tushganligini alohida e’tirof etishimiz kerak. Umuman olganda, Markaziy Osiyoga nisbatan, ushbu hudud ustidan hukmronlik qilish, egallash bo‘yicha juda katta loyihalar ishga tushdi.    

Aytib o‘tishimiz kerak-ki, bu loyihalarning ortida juda qudratli kuchlar, moliyaviy resurslar turibdi. Ular butun e’tiborini nima qilib bo‘lsa ham bugungi O‘zbekiston yoshlarining ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatish, ularni o‘z tomoniga og‘dirib olish, kerak bo‘lsa, jamiyatdan, davlatdan, xalqdan norozilik kayfiyatini vujudga keltirgan holatdagi O‘zbekistondagi g‘oyaviy kurashlarni murakkablashtirishga qaratilgandir.  

Shuni alohida qayd etishimiz kerak-ki, bu bir tomondan millatlar aro ziddiyatlarni keltirib chiqarishga bo‘lgan harakatlar, ikkinchi tomondan davlatlar aro munosabatlarni buzishga bo‘lgan harakatlardir. Eng asosiysi, eng nozik tuyg‘u hisoblangan diniy masalalarda yoshlarimiz ongini zabt etish, turli uslublardan, turli vositalardan foydalangan holda diniy fundamental ekstremistik, kerak bo‘lsa, radikal g‘oyalarni singdirish orqali faoliyatga undash namoyon bo‘layotganini ham aytib o‘tish kerak.    

Bugungi kundagi eng katta muammolardan biri – radikalizmning murakkab tahdidga aylanganligi. Yoshlarimizni hattoki maktab ta’limidan chiqarib olish, savodsizga aylantirish, kerak bo‘lsa, o‘sha tor doiradagi aqidalari bilan yoshlar ongini qurollantirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Yoshlarimizning xalqiga, mamlakatiga emas, balki qaysidir bir kuchlarga xizmat qilishi uchun juda katta axborot bosimlari, axborot siyosati olib borilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.  

– Savol tug‘iladi: umuman yoshlarning ongini yot g‘oyalardan tozalash, ularni maqsadli, umidli qilib yetishtirish masalasida qanday ishlarni amalga oshirish lozim?  

– Imom Buxoriy bobomiz shunday fikr bildirganlar: “Najot ilmdadir”. Ya’ni bugungi kunda yot g‘oyalarga, umuman, mana shunday radikalizm singari katta muammolarga qarshi kurashish uchun birgina asosiy yo‘limiz bor. Bu ham bo‘lsa, yoshlarning ilmini, tafakkurini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini boyitish, bugungi global dunyoda yuz berayotgan yangiliklardan doimiy xabardor qilib borishdir.  

Negaki, bugun ko‘rib turibmiz, dunyo o‘z taraqqiyotida butunlay yangicha innovatsion bosqichga chiqib bo‘ldi. Dunyoning ilmiy tafakkuri kundan-kun o‘zgaryapti. Bunday holatda radikal g‘oyalarga aldanib, u bilan ovunib qolishimiz kerak emas. Buning uchun juda keng dunyoqarash, ilmiy mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan ilm berishimiz lozim. Avvalo maktab ta’limida ilmni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish, undan keyin oliy ta’limda ham sifatli yondashuv bilan ilmlarni berish muhim sanaladi.  

Suhbatning davomini ushbu havola orqali tomosha qiling.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uYp24XfMar0?si=gre-jDJ0bjtW0U9b" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA