Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ezgulik manzili” Farg‘onada
11:10 / 2022-08-19

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Qo‘qon hamda Farg‘ona shahrida davom etayotgan mazkur tadbir Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan viloyatda yashovchi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, sharoiti og‘ir oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, jamg‘armaning tibbiy dasturlariga asosan og‘ir tashhisli bemor bolalarni davolash, bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, ularning salomatligini muntazam tiklash, jarrohlik yo‘li bilan davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. 

Xayriya aksiyasiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining tajribali hamda yosh shifokorlari jalb etilgan.

– Aksiya doirasida hozirgacha 400 nafarga yaqin bemor bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, - deydi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Shahobiddin Qo‘chqorov. – Ularga yuqori malakali mutaxassislar tomonidan plastik xirurgiya, kardioxirurgiya, oftalmologiya, otolaringologiya, ortopediya, travmatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar berildi. 53 nafar bemorga shu yerning o‘zida jarrohlik amaliyoti ko‘rsatiladi. 
 
– bugungi tadbirdan eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalarini xursand qildi, - deydi LOR bo‘limi kichik tibbiy xodimi Gulbahor Odilova. – Bolalar bepul operatsiya qilinib, zarur dori vositalari bilan ta’minlanmoqda. Bu kabi ijtimoiy aksiyalarning doimiy ravishda o‘tkazilayotgani bemor bolalarni davolash, ularni sog‘lom hayotga qaytarish yo‘lidagi ezgu amallardan biridir.
Aksiya davomida shuningdek, muassasada bolajonlar tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiluvchi kitob yarmarkasi tashkil etildi. 
 


Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA