Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu qadriyatlarimizni yoshlar hayot tarziga singdirish – ustuvor vazifa
17:32 / 2025-07-25

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) hamkorligida Uchtepa tumanida “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda diniy qadriyatlarning o‘rni va islomda ayollarga munosabat” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova birgalikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ko‘plab dolzarb  masalalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Bugun xotin-qizlar o‘rtasida avj olayotgan shaklparastlik, buyumparastlik, libosparastlik, o‘zga millatlar hayot tarziga taqlid qilish, milliy qadriyatlardan uzoqlashish, to‘y va boshqa marosimlarda dabdabalarga berilish, farzandlar ta’limi uchun kapital yo‘naltirish o‘rniga turli aqidalar ortidan ergashib, bolalarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash, erta nikoh kabi salbiy holatlarning oldini olish muhimdir.

Bu borada faol targ‘ibot ishlarini olib borish, yangicha yondashuvlar va ta’sirchan choralarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.  

Ezgu milliy qadriyatlarimizni yoshlarning hayot tarziga singdirish ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.  

Tadbirda targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalla faollari, "Oqila ayollar" harakati vakillari, otinoyilar, mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar ishtirok etdi.  

Mas’ullar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi atrofida jipslashgan holda, har bir ayolni mamlakatimizdagi islohotlarda faol ishtirok etishga, turli yot g‘oyalar va radikal qarashlar ta’siridan asrashga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi ishlarga hamkorlikda yondashishga chaqirildi.

N.Usmonova, O‘zA