Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu maqsadli yoshlar
17:54 / 2016-11-09

Nukus olimpiya zaxiralari kollejida 600 ga yaqin yoshlar dzyudo, velosport, akademik eshkak eshish, voleybol, basketbol, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi kabi 19 sport turi bo‘yicha zamonaviy sharoitlarda mahoratini oshirmoqda.

Sport maskanida mahoratli yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Og‘ir atletika bo‘yicha sport ustasi, Qoraqalpog‘iston birinchiligi hamda mamlakat chempionatlari sovrindori Bozorgul Rambergenova ulardan biri.

– Mamlakatimizda biz, yoshlarning puxta bilim egallashimiz, o‘zimiz qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ullanishimiz, iste’dodimizni keng namoyon etishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Bozorgul. – Maqsadim, ushbu g‘amxo‘rilikka javoban, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini ulug‘lashdir.