Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishdagi yana bir amaliy qadam
11:57 / 2025-09-19

Yurt taraqqiyoti — ishlab chiqarish maydonlaridagi samarali sa’y-harakat, teran reja va xalq manfaatiga qaratilgan tashabbuslarda o‘z ifodasini topadi. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida shunday ezgu harakatlardan biri amalga oshdi — “Zarbdor parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘rt bosqichli loyihaning 70 ming bosh parrandaga mo‘ljallangan uchinchi bosqichi ishga tushirildi.

“Sharq yulduzi” mahallasida joylashgan ushbu zamonaviy majmua nafaqat tuman, balki viloyat iqtisodiyoti uchun ham katta foyda keltiradi. Uning yangi bosqichi ishga tushirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda Zarbdor tumani hokimi Bekzod Tashpoʻlatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

– Majmua faqat parranda go‘shti yetishtirish bilan cheklanmaydi. Yem ishlab chiqarish, inkubatsiya jarayoni va zamonaviy qushxonalarni qamrab olgan to‘laqonli ishlab chiqarish zanjiriga egamiz. Bunday tizim orqali sifatli mahsulot yetishtirish barobarida yangi ish o‘rinlari yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mahalliy aholining turmush darajasini oshirish kabi ustuvor vazifalarni ham o‘z zimmamizga olganmiz. Endi ishlab chiqarishni oshirish, mahsulotni qayta ishlashni yanada takomillashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda davom etamiz, — deydi “Zarbdor parranda” MCHJ rahbari Rustam Usmonov.

Darhaqiqat, bu shunchaki korxona emas, balki zamonaviy qishloq xo‘jaligining yorqin ko‘rinishi, mahalliy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishdagi yana bir amaliy qadamdir.  

Quvonarlisi, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida mazkur majmuaning ishga tushirilishi tufayli 20 nafardan ziyod mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari