Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ezgu maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan qadriyat
15:47 / 2025-08-22

Xalqimizda ezgu maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan qadriyatlar ko‘p. Shunday qadriyatlardan biri hashar. Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat mujassam. Mahalla ahli, barcha tashkilot va korxonalar xodimlari birlashib, ko‘chalar va aholi turar joylarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishadi.

Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham mustaqilligimizning 34 yillik tantanasini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, mahallalar, aholi turarjoylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun viloyatdagi 310 ta mahalla hamda barcha tashkilot va korxonalarda tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hasharida  keksayu yosh birdek ishtirok etishmoqda. Hashar doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar hududi, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari obodonlashtirilib, tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.  

[gallery-24903]

Hasharda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari