Ezgu ishlar ziyorat bilan boshlandi(+video)
Bugun Nukus tumanida Samarqand viloyati ko‘magida bunyod etilgan 17 ta ob’ekt ochilmoqda.
Dastlabki manzil Aqmang‘it shaharchasidagi Xotira maydoni bo‘ldi.
Mazkur maskan 7,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, rekonstruksiya qilindi.

Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga Samarqand viloyati va nukuslik faollar gul qo‘ydi.
- Nukusdagi tadbirlar ziyorat bilan boshlangani juda xayrli ish bo‘ldi, - deydi Samarqand viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Shuhrat Negmatov. - Bu o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.O‘rinbayev va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/CpthM4l3GX4" title="Ezgu ishlar ziyorat bilan boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA